» » Moskvada noma’lum shaxslar ichida 2,6 million rubl bo‘lgan sumkani o‘g‘irladi

Moskvada noma’lum shaxslar ichida 2,6 million rubl bo‘lgan sumkani o‘g‘irladi


Moskva janubida pichoq bilan qurollangan ikki noma’lum shaxs erkak kishi avtomobili salonidagi pul solingan sumkani o‘g‘irladi. Bu haqda IIV poytaxt boshqarmasi xabar qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Huquq-tartibot organlaridagi manbaning aniqlik kiritishicha, gap 2,6 million rubl haqida bormoqda.

“17:21 da Chertanovo Severnoye mikrorayonidagi ko‘cha bosqinchiligi haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki noma’lum shaxs, xorijiy avtomobil haydovchisiga pichoqqa o‘xshash buyum bilan tahdid qilib, uning avtomobili salonidan ichida pul bo‘lan sumkani olib qo‘ygan. Shundan keyin Nissan mashinasida hodisa joyidan yashiringan. O‘g‘irlangan pul summasiga aniqlik kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.

“O‘g‘rilarni tutish” rejasi ishga tushirilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi masala hal etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют