» » Saudiya Arabistonida birinchi marta ayollarga uchuvchilar litsenziyasi berildi

Saudiya Arabistonida birinchi marta ayollarga uchuvchilar litsenziyasi berildi


Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi (GACA) bosh boshqarmasi besh nafar ayol uchuvchiga litsenziya berib, ularning Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasi samolyotlarida ekipaj komandiri bo‘lib ishlashiga ruxsat berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Saudiya Arabistoni ayol fuqarolariga litsenziyalar berish GACA harakatlar rejasining bir qismi hisoblanadi, unga ko‘ra, ayollar aviatsiya sektorida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ning maqsadlaridan biridir.

So‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistonida ko‘p sonli ayollar GACA’da hamda texnik sohada xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarda ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydash imkonini beruvchi qirol farmoni kuchga kirdi. Iyulda esa mamlakatda ayollarga notarius bo‘lishga ruxsat etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют