» » Andijonda 550 dollarni aldov yo‘li bilan olgan soxta ichki ishlar xodimiga jazo tayinlandi

Andijonda 550 dollarni aldov yo‘li bilan olgan soxta ichki ishlar xodimiga jazo tayinlandi


Marhamat tumanida yashovchi fuqaro J.Shokirov muqaddam uch marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sud tomonidan berilgan jazolardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmadi. U 2017-yilning sentabr oyida Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Q.ning uyiga kelib, o‘zini tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi deb tanishtirib,R.Q.ning farzandi K.Q. ustidan fuqaro O‘.M. Marhamat tumani IIB boshlig‘i nomiga pullarini undirib berish haqida ariza bilan murojaat qilganligini, shunga asosan fuqaro O‘.M.ga yetkazilgan zararni undirib berish uchun kelganligini ma’lum qiladi, deya xabar beradi Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati.

Shokirov R.Q.ning ishonchiga kirib,undan 550 AQSh dollari miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan olib, o‘z shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuboradi. Uning ushbu noqonuniy xatti-harakati bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Mazkur jinoyat ishi shu yilning 28-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, J.Shokirov O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 5 yilu 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют