» » Facebook YouTube’ning o‘rnini bosuvchi xizmatni ishga tushiradi

Facebook YouTube’ning o‘rnini bosuvchi xizmatni ishga tushiradi


Facebook ma’muriyati AQShda bir yildan buyon ishlayotgan Watch video xizmatidan butun dunyoda foydalanish mumkin bo‘lishi va u YouTube’ning o‘rnini bosuvchi bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, butun dunyo bo‘ylab video yaratuvchilar qo‘llab-quvvatlanadi, ularga o‘z videosidan pul ishlashga va uning qanday ishlashini yaxshiroq tushunishga yordam beriladi.

Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati tomonidan ta’kidlanishicha, Facebook Watch’ga Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada video joylagan mualliflar reklama tanaffuslarida ham oul ishlashi mumkin.

Kelgusi oyda xizmat yana 21 ta davlatda, shu jumladan, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Argentina va Tailandda yoqiladi,

Mualliflar o‘z videolaridan pul ishlash uchun 10 ming obunachi yig‘ishi yoki bir oyda bir daqiqalik tomoshalar soni 30 mingtadan oshishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют