» » Bloomberg: Facebook va Google ijtimoiy tarmoqlarga musulmonlarga qarshi reklama joylashtirilishini qo‘llab-quvvatlagan

Bloomberg: Facebook va Google ijtimoiy tarmoqlarga musulmonlarga qarshi reklama joylashtirilishini qo‘llab-quvvatlagan


Facebook va Google kompaniyalari AQShda o‘tgan yilgi saylovoldi kampaniya chog‘ida o‘z ijtimoiy tarmoqlariga muhojirlar va musulmonlarga qarshi qaratilgan reklama xabarlari joylashtirilishini qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, gap Secure America Now (“Amerikani hoziroq xavfsizlantirish”) konservativ tashkiloti tomonidan ishga tushirilgan reklama kampaniyasi haqida bormoqda, u ijtimoiy tarmoqlarga, xususan, AQShga islom diniga e’tiqod qiluvchilar erkin kirishi uchun ruxsat berilishiga qarshi qaratilgan videoroliklar va boshqa axborotni joylagan.

Ushbu tashkilot, shuningdek, o‘tgan yilgi saylovlarda demokratlardan nomzod sifatida qatnashgan Hillari Klintonga ham qarshi chiqqan.

Agentlik xabariga ko‘ra, ikkala texnologik kompaniya mutaxassislari ham Secure America Now bilan e’lonlar joylashtirish borasida yaqin hamkorlik qilgan. Google vakillari tashkilot bilan 2016-yil iyunida uchrashib, reklama xabarlari istalgan auditoriyaga aniqroq yetib borishi uchun ularni qanday yaxshilashni muhokama qilgan. Facebook esa tashkilotning reklamali videolaridan birini roliklarni aks ettirishning yangi formatini sinashda qo‘llagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют