» » Gonkonglik qiz ishga kirish uchun kelin rolini o‘ynab berdi. Ammo u haqiqiy to‘y bo‘lib chiqdi

Gonkonglik qiz ishga kirish uchun kelin rolini o‘ynab berdi. Ammo u haqiqiy to‘y bo‘lib chiqdi


21 yoshli gonkonglik qiz firibgarlik qurboniga aylandi: ishga kirish uchun u kelin rolini o‘ynadi, ammo bu haqiqiy to‘y bo‘lib chiqdi. Hujjatni qizning o‘zi imzolagani tufayli, mahalliy politsiya unga yordam berishdan bosh tortdi, deb yozadi TJournal.

May oyida gonkonglik qiz model agentligiga vizajist ishga olinishi haqidagi e’lonni o‘qib, rezyume yubordi. Suhbatga kelgan vaqtida unga kattaroq maoshli boshqa lavozim — to‘y tashkilotchiligini maslahat berishdi. Ishni qo‘lga kiritish uchun qiz soxta to‘yda kelin rolini o‘ynab berishi kerak edi.

Qiz Fuchjouga borib, u yerda sahnalashtirilgan marosimda qatnashdi va “eri” bilan kelishuvni imzoladi. Gonkongga qaytgach, u nikoh guvohnomasi haqiqiy ekanligi va u rostakamiga turmushga chiqqanidan xabar topdi. Mahalliy politsiya qizning imzosi haqiqiy bo‘lgani tufayli, hodisani firibgarlik deb baholay olmasligini aytdi.

Ammo qizning advokatlari hujjatlar qalbakilashtirilganini isbotlash uchun Fuchjouga yo‘l oldi. Agar ular to‘y haqidagi qaror ustidan shikoyat bera olsa, qiz ajrim xarajatlarini to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy OAVlar taxmin qilishicha, soxta kuyov Gonkongda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lish maqsadida u bilan qalbaki nikoh tuzgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют