» » Iroqda 18 ming kishi ichimlik suvidan zaharlandi

Iroqda 18 ming kishi ichimlik suvidan zaharlandi


Iroq janubidagi Basra shahrida suvdan kamida 18 ming kishi zaharlangan. Bu haqda Iroq parlamentining Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi hisobotida ma’lum qilingan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Hisobotda qayd etilishicha, shaharda maxsus kimyoviy laboratoriyaning mavjud emasligi suv ifloslanishining aniq miqdorini aniqlashga imkon bermaydi.

Suvning ifloslanishi oqibatida Basrada 18 ming kishida diareya, ichak sanchiqlari, qayd qilish kuzatilgan.

Shuningdek, parlament komissiyasining ogohlantirishicha, suvni infeksiyalar bilan zaharlanishining oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmasa, ular vabo epidemiyasiga aylanib ketishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют