» » Namangandagi “Orzu” kichik sanoat zonasida 10 ta loyiha ishga tushirildi

Namangandagi “Orzu” kichik sanoat zonasida 10 ta loyiha ishga tushirildi


Namangan shahrida 9,9 gektar maydonda tashkil etilgan “Orzu” kichik sanoat zonasida 74 milliard so‘mlik 10 ta loyiha ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bayram arafasida yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Orzu Ideal tekstil”, “Porloq tekstil liboslari”, “Sug‘diyona fayz tekstil”, “Kvars sanoat”, “Bosser tekstil servis”, “Ulug‘-B”, Universal Food Trade, “Mega eko plast”, “Nurobod sifat tekstil”, White gold towel textile korxonalari o‘z faoliyatini boshladi. Buning natijasida 1100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Mazkur korxonalarning yillik ishlab chiqarish hajmi 82,2 milliard so‘mni tashkil etadi. 6,2 million dollarlik mahsulot esa xorijga eksport qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Orzu” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 142,3 milliard so‘mlik jami 22 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют