» » Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmida Ulug‘bek Qodirov va Javohir Zokirov rol ijro etmasligini ma’lum qildi (video)

Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmida Ulug‘bek Qodirov va Javohir Zokirov rol ijro etmasligini ma’lum qildi (video)


“Baron 2” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan rejissor Rustam Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Rejissor intervyu davomida “Baron” filmida asosiy rollarni ijro etgan Ulug‘bek Qodirov hamda Javohir Zokirov “Baron 2” filmida rol ijro etmasligi va buning sabablari haqida gapirib berdi.

“Baron 2” filmida ham Farhod Mahmudov bosh rolni ijro etadi. Bundan tashqari Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Alixan singari aktyor va aktrisalar filmda rol ijro etishadi. Aktyorlar Ulug‘bek Qodirov hamda Javohir Zokirov “Baron 2” filmida ko‘zda tutilmagan, sababi oldingi filmda syujet bo‘yicha ularning ishtiroki tugab bo‘lgan. “Baron 2” filmida buning hammasi oqlangan. Bir filmda bitta voqelik bo‘lsa, ikkinchi filmda boshqa voqelik bo‘ladi. Ya’ni birinchi voqelikdagi aktyor-aktrisalarning aksariyati ikkinchi filmda ishtirok etmaydi. Lekin asosiy qahramon bo‘lgani uchun, uning atrofidagilar albatta ishtirok etadi. Ya’ni asosiy qahramonning oilasi, misol uchun aktrisa  Dilnoza Kubayeva timsolida filmda rol ijro etishadi.

Rustam Sa’diyev, rejissor

Baron filmi uch qismdan iborat bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют