» » Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekoboddagi konserti soxta biletlar sabab ikkinchi marta qoldirildi

Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekoboddagi konserti soxta biletlar sabab ikkinchi marta qoldirildi


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 2-sentabr kuni Namangan viloyati “Navbahor” stadionida, 3-sentabr kuni Bekobod tumanidagi “Metallurg” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari ikkinchi marta qoldirildi.

Ushbu hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturlarining qoldirilish sabablari haqida Yulduz Usmonovaning prodyuseri Mansur Agaliyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.

Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekobodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti birinchi marotaba havoning juda ham isib ketgani bois qoldirilgan edi. Bu safar esa soxta biletlar chiqib ketgani sababli konsert dasturlarini yana qoldirishga majbur bo‘ldik.

Viloyatlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol konsertlarining har birida 150—200 kishi mehnat qiladi. Har bir konsertga yaxshigina mablag‘ sarflanadi. Soxta biletlar tarqab ketishi oqibatida tashkilotchilar ham biz bilan avvaldan kelishilgan shartnomani bajara olmaydi. Shularni inobatga olgan holda, konsertlarni qoldirishga majbur bo‘ldik.

Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют