» » Mingbuloqda ilk bor 6 ta murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi

Mingbuloqda ilk bor 6 ta murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi


Mingbuloqda tuman tarixida ilk bor bir necha murakkab jarrohlik amaliyotiga qo‘l urildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida o‘tkazilgan kardiologik jarrohlik amaliyoti davomida tug‘ma yurak xastaligi bilan dunyoga kelgan 5 yoshli Xonzoda Abdurashidovaning murg‘ak yuragiga ozor berayotgan nuqson barham topdi. Tibbiyot fanlari nomzodi Nuriddin Bahriddinov viloyat kardiologiya markazidan kelgan hamkasblari bilan qaltis operatsiyani muvaffaqiyatli yakuniga yetkazdi.

Kun davomida boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yana 5 ta jarrohlik amaliyoti olib borildi. Jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh endoskopisti Abdurashid Mamajonov qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan qon ketishni to‘xtatish maqsadida endoskopik lagatura qo‘yish amaliyotini bajardi. Viloyat perinatal markazi direktori O‘zganboy Rahimov va tibbiyot fanlari nomzodi Lola Abdullayeva tug‘ruq kompleksida ayollar reproduktiv a’zolaridagi xavfli kasalliklarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali mutaxassislari mahalliy shifokorlarga laproskopik xoletsist ektomiya — qorin bo‘shlig‘ini drenajlash operatsiyalari qay usulda bajarilishini ko‘rsatib berdi.

Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkillangan “Mahorat darslari” esa tibbiyotning quyi tizimlarida qo‘llanishi mo‘ljallanayotgan yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют