» » Samarqand shahridagi “Saxovat” uyida Mustaqillikning 27 yillik bayrami nishonlandi

Samarqand shahridagi “Saxovat” uyida Mustaqillikning 27 yillik bayrami nishonlandi


Samarqand shahridagi “Saxovat” uyida mustaqillikning 27 yillik bayrami munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Samarqand viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, madaniyat qo‘mitasi va homiylar hamkorligida tashkil etilgan bayram dasturida vasiylikka olinganlar, yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘rlar va nogironligi mavjud shaxslar ishtirok etdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatda aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bunday xayrli ishlarga jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etib, ishchi-xizmatchilar va ularning oila a’zolari, keksalar, nogironlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatayotganligi quvonarli ekanligi bildirildi.

— O‘zim o‘qituvchi bo‘lib ishlaganman. 14 yildan buyon “Saxovat” uyida yashayman. Bu yerdagi xodimlarning bizga bo‘lgan mehri bo‘lakcha. Ularning hammasi o‘z farzandimdek bo‘lib qolgan, — deydi Chori bobo Bo‘ronov. — Hukumatimizning biz keksalarga qaratayotgan yuksak g‘amxo‘rligidan juda ham mamnunmiz. Har bayramda mana shunday bayram tadbirlarini tashkillashtirib, ko‘nglimizni ko‘taradi. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchiligimni bildiraman.

“Saxovat” uyida istiqomat qilayotgan keksalar bayram dasturxoni atrofida dildan suhbatlashdi. Viloyatda faoliyat yurituvchi san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlariga zavq bilan raqsga tushdi.

– Muassasamizda muntazam ravishda bayram tadbirlari, madaniy kechalar o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi mustaqillik bayrami ham homiylar tomonidan yuqori saviyada tashkillashtirildi, – deydi “Saxovat” uyi rahbari Sayyora Javatova. – Yil davomida turli tashkilotlar vakillari, saxovatli kishilar kelib, keksalarimiz uchun madaniy tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Bugungi bayram dasturxoni atrofida ham nuroniylarimiz ko‘taringki kayfiyat bilan yaxshi hordiq chiqarishdi.

— Ayni paytda mazkur muassasada 131 nafar vasiylikka olinganlar, yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘rlar va nogironligi mavjud shaxslarga 8 nafar shifokor, 28 nafar hamshira va 34 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari xizmat qilib kelmoqda, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Vahobov. - Nuroniylarimizga yanada qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida 50 o‘rinli, shuningdek 25 o‘rinli yotoqdagi ahvoli og‘ir fuqarolar uchun yangi bino qurilmoqda. Ushbu bino 2019-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Qolaversa, hozirda 10 million so‘m mablag‘ evaziga 2 ta hammom qurilmoqda. Shuningdek, 6 yildan beri ishlamay kelgan lift qayta ta’mirlandi.

— Men 58 yoshga kirdim. 13 yildan buyon shu yerda yashayman. Muassasa barcha shart-sharoitlar yaratilgan, — deydi Rustam bobo Mamirov.  — Shifokorlar muntazam ravishda holimdan xabar olib, zarur muolajalarni amalga oshiradi. Ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov iyul oyi oxirida mazkur muassasa faoliyati bilan tanishib, bu yerda olib borilayotgan ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini bildirib o‘tgandi.

Xususan, muassasa hududida obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Bino atrofi qarovsiz, ichidagi manzara undanda ayanchli: lift ishlamaydi, xonalar dimiqqan, yuvinish xonalari tozalik talablariga javob bermaydi, hojatxonalardagi antisanitariya holati achinarli holda bo‘lgan.

“Saxovat” uyi faoliyatini qisqa muddatli o‘rganish jarayonida tegishli nazorat organlari tomonidan katta miqdordagi moliyaviy kamomadlar borligi aniqlangan.

Ish beruvchining tashabbusi bilan muassasa rahbari Tolib Saidov egallab turgan vazifasidan ozod qilingandi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют