» » Oliy harbiy bojxona institutida tinglovchilarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Oliy harbiy bojxona institutida tinglovchilarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida mazkur oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan tinglovchilarning harbiy va bojxonachi qasamyodini qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Azimov va boshqalar bojxona xizmatining eng muhim mezoni — adolatli bo‘lish, qonunlarga og‘ishmay amal qilish ekanligini alohida ta’kidladi.

Institutda yo‘lovchilar bojxona rasmiylashtiruvini tashkil etish, kriminalistika texnikalarini o‘rganish, interaktiv elektron o‘quv dasturlari o‘rnatilgan sinflar, bojxona postining modellashtirilgan o‘quv auditoriyasi, xorijiy tillarni amaliy o‘rganish lingafon auditoriyalari, harbiy mashg‘ulotlar xonalari, bojxona ekspertizalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya, avtomobil tayyorgarligi bo‘yicha maxsus o‘quv trenajyorlar hamda transportda amaliy mashqlar o‘tkazish sinflari mavjud.

Trening mashg‘ulotlarini amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida o‘quv maydoniga temir yo‘l vagoni, avtobus, fura va konteynerlar keltirilgan. Shuningdek, ikkita zamonaviy yotoqxona, kutubxonalar, sport majmuasi, trenajyor zallari, tir, yozgi va qishki suzish havzalari, tennis korti va boshqa zarur inshootlar tinglovchilar ixtiyorida.

Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют