» » Farg‘onada “Oila” markazining shahar va tuman bo‘linmalariga Spark avtomobillari topshirildi

Farg‘onada “Oila” markazining shahar va tuman bo‘linmalariga Spark avtomobillari topshirildi


Farg‘ona viloyatidagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining shahar va tuman bo‘linmalariga Spark avtomobillari topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Oila” markazining Farg‘ona viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrishlarning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

— Oilalar bilan alohida suhbatlar olib borilyapti, sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida o‘tgan 7 oyda ajrimlar soni 2017-yilga nisbatan 60 taga kamaydi, 8 oy davomida 97 ta oila yarashtirildi. Hatto sud qarori bilan ajrim masalasi hal bo‘lgan Abdurahimovlar oilasi qayta nikohdan o‘tish uchun ariza topshirdi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik teng yarmiga kamaydi, — deydi “Oila” markazi Quvasoy shahar bo‘linmasi rahbari Mag‘firatxon Hasanova.

“Oila” markazlari shahar va tuman bo‘linmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida mashinalar taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют