» » Surxondaryoda soxta IIB xodimi qo‘lga olindi

Surxondaryoda soxta IIB xodimi qo‘lga olindi


Joriy yilning 2-avgust kuni Surxondaryo viloyat IIB o‘z xavfsizligi bo‘limiga kelib tushgan ma’lumotga asosan, 1-sentabr kuni soat 10:00 larda Surxondaryo viloyati IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi hamda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida keng qamrovli tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Surxondaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yil 02-avgust kuni soat 10:00 larda Termiz shahri “Pattakesar” mahallasida yashovchi, fuqaro K.B.ning Termiz shaharida joylashgan sartaroshxonasiga fuqarolik kiyimidagi shaxs kelib, o‘zini Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi mayor “Oybek” deb tanishtirib, undan tezkor tadbirda ishtirok etishini va tadbirda qo‘lida bo‘lgan tilla uzugini ashyoviy dalil sifatida foydalanish uchun berishini taklif qilib, fuqaro K.B. bilan Termiz shahrida joylashgan SUM savdo markaziga kelib, K.B.ga eshik oldida kutib turishini aytib, tilla uzugini SUMdagi zargarlardan biriga sotib, fuqaro K.B.ga tadbir qoldirilganligi va ertasi kuni davom ettirilishini aytib, sotgan tilla uzugining pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib ketgan.

Bundan tashqari, shu kunningo‘zida 2018-yil 02-avgust kuni Termiz shahar “Ma’rifat” mahallasida yashovchi fuqaro X.M.ga tegishli savdo do‘koniga fuqarolik kiyimida bo‘lgan shaxs kelib, o‘zini viloyat IIB JQB xodimi “Oybek” deb tanishtirganida fuqaro X.M. undan qo‘shnisi tomonidan uyining yoniga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasini boshqa tomonga qaratib qo‘ydirishni iltimos qilganida “Oybek” ismli IIB xodimi undan Termiz shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza yozdirib olib, kamerani boshqa tomonga qaratib qo‘yish evaziga fuqaro X.M.dan 100.000 so‘m pullarni talab qilib, talab qilingan 100.000 so‘m puldan 30.000 so‘mini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Umid Muradov bular bilan cheklanib qolmasdan, 2018-yil 03-avgust kuni Jarqo‘rg‘on tumani buyum bozori yonida kirakashlik qiluvchi Termiz shahrida yashovchi fuqaro M.G‘.ning oldiga fuqarolik kiyimida borib, o‘zini viloyat IIB JQB bo‘lim boshlig‘i mayor “Oybek” deb tanishtirib, maxsus topshiriq bilan yurganligini, bir kun davomida uni avtomashinasi bilan viloyatning Qumqo‘rg‘on, Angor, Qiziriq, Bandixon, Boysun va Denov tumanlariga olib yurishi kerakligini, evaziga 150.000 so‘m pul va avtomashinasiga 4 (to‘rt) dona yangi shinani IIBdan olib berishni va’da qilib, u bilan aytilgan manzillarga borib kelganidan so‘ng, fuqaro M.G‘.dan turmush o‘rtog‘ini viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni va’da berib, 300.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, yo‘l kira haqqi uchun va’da qilingan 150.000 so‘m pullarni bermaganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida fuqarolarga o‘zini viloyat IIB JQB va tergov boshqarmasi hodimi deb tanishtirgan shaxs, hozirgi kunda Denov tumani IIB HPBda axloq tuzatish jazosini o‘tayotgan 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro Umid Muradov ekanligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют