» » Toshkentda MDHga a’zo mamlakatlar armiyalari o‘rtasida qo‘l jangi chempionati o‘tkaziladi

Toshkentda MDHga a’zo mamlakatlar armiyalari o‘rtasida qo‘l jangi chempionati o‘tkaziladi


10—13-sentabr kunlari birinchi marta Toshkent shahrining “Universal” sport majmuasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida armiya qo‘l jangi chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mazkur bellashuv uchun ishtirokchilarni saralash maqsadida joriy yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida chempionatlar o‘tkazilmoqda. Uni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas’ul etib tayinlandi.

2017-yilda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari MDH mamlakatlarining xalqaro musobaqalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 2018-yilning aprelidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi harbiy-amaliy sportning 7 ta turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Rossiyada “Komandirlik startlari startlari” musobaqasi, iyun oyida Belarus Respublikasida “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” musobaqalari, avgustda esa Qirg‘izistonda “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” bahslari bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют