» » O‘zbekiston harbiylari olti mamlakat armiyalari orasida Rossiyadan so‘ng ikkinchi bo‘ldi

O‘zbekiston harbiylari olti mamlakat armiyalari orasida Rossiyadan so‘ng ikkinchi bo‘ldi


2018-yilning aprelidan sentabriga qadar MDHga a’zo davlatlarning do‘stona armiyalari doirasida harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu reja doirasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari podpolkovnik Bahodir To‘xtanazarov, Zokir Xaziyev, mayorlar Madiyor Saidov, Sherzod Rashidov, kapitanlar Avaz Usmonov, Baxtiyor Madaminov, Odilbek Yuldashev, Husniddin Elmurodovdan iborat jamoa 16—20-aprel kunlari Rossiyada bo‘lgan harbiy-amaliy sport turining “Komandirlik startlari” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xabar berishlaricha, SSKA (Markaziy harbiy sport klubi)ning “Igrovoy” universal sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqalarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari ishtirok etgan.

Chempionat dasturidan ikkita jamoaviy sport turlari va to‘rtta yakka tartibda bo‘yicha har biri uchun alohida kompleks mashqlar jamlangan uch yosh toifa yo‘nalishida o‘tkazilgan. Musobaqalarni to‘rtta hakamlar brigadasidan iborat 58 nafar sport hakamlari baholab bordi.

Musobaqada ishtirokchilar estafeta yugurish (4x400), to‘rtkurash (suzish, pistoletdan o‘q otish, turnikda tortinish 3000, 2000 va 1000 metr masofalarga yugurish)dan kuch sinashdi.

2000 metr masofaga yugurishda mayor M.Saidov 6.04 daqiqa natija bilan oltin medalga erishgan bo‘lsa, kapitan D.Madaminov 6.22 daqiqaga kelib uchinchi bo‘ldi.

Estafeta yugurishda 3,42,2 daqiqada kelgan Belarus vakillari birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik harbiylar 3,44,2 daqiqa natija bilan rossiyaliklardan (3,44,5) oldin bo‘ldi.

To‘rtkurash musobaqasida O‘zbekiston vakillari 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Brigada komandirlari o‘rtasida podpolkovnik Z.Xaziyev, batalyon komandirlari o‘rtasida mayor M.Saidov va vzvod komandirlari o‘rtasida kapitan A.Usmonov shaxsiy birinchilikda uchinchi bo‘ldi.

O‘zbekiston harbiylari chempionatda jami 1 ta oltin, 14 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi — birinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi o‘rinni esa Belarus harbiylari egalladi.

Sovrindor jamoa 21-aprel kuni Toshkent aeroportida tantana bilan kutib olindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari 2017-yili ushbu halqaro musobaqada kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan edi. 2018-yildan harbiy-amaliy sportning qolgan olti turi “Armiya qo‘l jangi”, “Sport oriyentirlanishi”, “Tog‘ uch kurashi”, “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi”, “Ofitserlar uch kurashi” va “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston harbiy xizmatchilari tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

2018-yil sentabrida O‘zbekistonda birinchi marta MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari doirasida “Armiya qo‘l jangi” yo‘nalishi bo‘yicha chempionat o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют