» » Farg‘onada mikrovtobus ishtirokidagi YTHda 10 kishi jabrlandi. Ayni paytda shifohonada faqat bir fuqaro qolmoqda

Farg‘onada mikrovtobus ishtirokidagi YTHda 10 kishi jabrlandi. Ayni paytda shifohonada faqat bir fuqaro qolmoqda


Beshariq tumanida joriy yil 29-avgust kuni soat 06:30 atrofida M.Jumayev (ism-sharif shartli) boshqaruvidagi qayta jihozlangan, 15 o‘rinli Mercedes-Benz mikroavtobusi “Tovul—Beshariq” yo‘nalishida harakatlanayotib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida zovurga tushib, daraxtga urildi. Bu haqda “Daryo”ga Farg‘ona viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mashinasalonida bo‘lgan 10 yo‘lovchining 4 nafari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Qolgan 6 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilib, xonadonlariga qaytishga ruxsat berilgan. Ayni paytda shifohonada faqat bir fuqaro qolmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ayrim axborot vositalari orqali hodisa yuzasidan boshqa ma’lumot tarqatildi. Ana shunday xabarlarning birida Beshariq tumanidagi voqea jabrlanuvchilari 40 nafar qilib ko‘rsatilgan. Avtobus halokatga uchrashi oqibatida kamida 7 kishi og‘ir ahvolda shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilganligi keltirilgan.

IIB matbuot xizmati bu raqamlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini bildirgan. Haydovchilarni o‘zboshimchalik bilan avtomobilni qayta jihozlash, noqonuniy tarzda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish, yo‘l harakati qoidalariga bepisand muomalada bo‘lishdan tiyilishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют