» » O‘zbekistonda paxta terimi mavsumida 26 mingdan ziyod terim otryadi tashkil etiladi

O‘zbekistonda paxta terimi mavsumida 26 mingdan ziyod terim otryadi tashkil etiladi


Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taklifiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq paxta terimi mavsumida 26 ming 467 ta terim otryadi tashkil etilishi va 2 million 639 ming nafar terimchi jalb qilinishi belgilandi. Bu haqda bugun, 5-sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

“Otryad rahbari mahalla raisi yoki biron bir tashkilot xodimi bo‘lishi mumkin. U yuzlab insonlarni qo‘l ostida birlashtira oladi. Ana shunday insonlarda qo‘shimcha daromad toppish imkoniyati yaratilmoqda. U o‘z asosiy ishidan mehnat ta’tiliga chiqib, mehnat vazirligi boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi. Otryad boshlig‘iga eng kamida ikki million so‘m oylik tayinlanadi”, — deydi Bosh vazir.

Shuningdek, otryad rahbarlariga otryad tomonidan terilgan 80 tonna paxta xom ashyosi uchun bir million so‘m va 80 tonnadan oshgan qo‘shimcha har bir tonna uchun ellik ming so‘mdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lab beriladi.

“Avvallari terimchilar maktab, kollej yoki sport zallariga joylashtirilgan. Bu yil bunday holatga yo‘l qo‘yilmaydi. Bolalar paxta mavsumida ham maktabda o‘qishi kerak. Hozirda mahalliy hokimliklarga hududda terimchilar uchun dala shiyponlari va palatkalar barpo etish, borlarini ta’mirlash haqida topshiriq berilgan”, —  deydi Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют