» » Adabiyotshunos olim Ural Nosirov 79 yoshida vafot etdi

Adabiyotshunos olim Ural Nosirov 79 yoshida vafot etdi


O‘zbekistonda adabiyotshunos olim, professor, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ural Nosirov 79 yoshida 2018-yil 4-sentabr kuni vafot etdi.

U. Nosirov 1939-yili Jizzax viloyatining Jizzax tumanida ziyolilar oilasida tug‘ildi. 1957-yilda  Jizzax pedagogika bilim yurtini, 1962-yilda Samarqand davlat universitetini tamomladi. 1967-yilda — Samarqand davlat universiteti aspiranti.

Bo‘lg‘usi olim o‘z mehnat faoliyatini 1967-yilda Samarqand davlat pedagogika institutida boshlagan. 1969—1971-yillarda “Qashqadaryo  haqiqati” gazetasi tahririyati adabiy xodimi, mas’ul kotibi o‘rinbosari lavozimlarida, 1971—1974-yillarda Qarshi davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1974—1985-yillarda — Jizzax davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, fakultet dekani, 1985—1986-yillarda — Jizzax viloyati xalq talimi boshqarmasi inspektori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1986—1992-yillarda — Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti, professori, fakultet dekani lavozimlarida ishlab ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

U.Nosirov qator yillardan buyon Jizzax viloyatining qadimiy tarixini o‘rganib, o‘rta asrlarda shu hududda tug‘ilgan, hali jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan 170 ga yaqin tarixiy siymolar haqida ma’lumotlarni nashrga tayyorladi. Shuningdek, “Ijodkor shaxs”, “Obrazlarda uslub jilolari” (1991), “Jizzax viloyati” (1996), “Ta’zim” (1996), “Jizzaxning jannat buloqlari” (2003), “Istiqlolim — istiqbolim” (2007), “Mahalla — fuqarolik jamiyatining asosi” (2008) kabi kitob va risolalari, “Qanot qoqa boshlagan Humo” (2003) telefilmi, “Jizzaxdan aytar so‘zim” (2011), “O‘zbeklar shajarasi” monografiyasi (2011), bir necha bukletlari, 300 dan ortiq maqolalari bilan ma’naviy-mafkuraviy ta’lim va targ‘ibotga ulkan hissa qo‘shib kelgan.

1992—1994-yillarda — O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyati Kengashining ikkinchi kotibi, 1994—2006-yillarda — Jizzax viloyati Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining mas’ul kotibi — “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i va 2006—2013-yillarda — Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari lavozimlarida ishlab, viloyatda ma’naviy-ma’rifiy tizimni shakllantirish, targ‘ibotchilar saviyasini ko‘tarishda hissasini qo‘shdi.

U o‘zining 54 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida o‘zbek filologiyasi, tarix, milliy ma’naviyatni rivojlantirishga, oliy malakali mutaxassislar tayyorlashga, odamlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishga bag‘ishlagan iste’dodli olim sifatli faoliyat olib bordi.

Yorqin iste’dod, ilmiy salohiyat egasi bo‘lgan zahmatkash olim o‘z faoliyati davomida ko‘plab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida o‘nlab doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

U. Nosirov mamlakat ilm-fanini rivojlantirish va barkamol avlod tarbiyasi yo‘lidagi ulkan xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi.

U O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti “El-yurt hurmati” ordeni  bilan 2003-yilda mukofotlangan edi. Uzoq yillar Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Jizzax viloyati bo‘limida samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriysi, professor Ural Nosirovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga yaqinlari chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Ural Nosirovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют