» » O‘zbekistonda olim Abduqodir Ergashev vafot etdi

O‘zbekistonda olim Abduqodir Ergashev vafot etdi


O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish ishiga katta hissa qo‘shgan biologiya fanlari doktori, professor Abduqodir Ergashev 72 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Abduqodir Ergashev 1946-yilda Samarqand (hozir Navoiy) viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1967-yilda Samarqand davlat universitetining biologiya-kimyo fakultetini bitirgan. So‘ng Moskvada SSSR Fanlar akademiyasi Umumiy genetika institutida aspiranturada o‘qigan. 1973-yilda fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.

1989-yilda SSSR FA Ekologiya va evolyutsion morfologiya instituti doktoranturasini tamomlagan. Doktorlik dissertatsiyasini genetik va ekologik xavfsizlik masalalariga bag‘ishlagan.

1989—1993-yillarda O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 1994—1998-yillarda O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasida barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchi, 1998—2003-yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori bo‘lib ishlagan.

2005-yildan YuNESKO tavsiyasi bilan BMTning Ekologik xavfsizlik xalqaro fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.

Abduqodir Ergashevning dafn marosimi Toshkentda 13-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют