» » O‘zbekistonda 1-oktabrdan ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanishi mumkin

O‘zbekistonda 1-oktabrdan ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanishi mumkin


O‘zbekistonda 2018-yilning 1-oktabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanadi, deb yozadi “Porobno.uz” normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga joylangan Prezident qarori loyihasiga tayanib.

Bundan tashqari, 2019-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan eng yuqori ish haqi miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravariga oshiriladi.

Shuningdek, keyingi yil boshiga qadar eng yuqori ish haqi o‘sishi hisobida pensiya miqdori qayta hisoblab chiqilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan tashqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 foizini oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют