» » “KAMAZ” O‘zbekistonda yangi korxona ochadi, shuningdek, Toshkent viloyatida Rossiya texnopolisi paydo bo‘ladi

“KAMAZ” O‘zbekistonda yangi korxona ochadi, shuningdek, Toshkent viloyatida Rossiya texnopolisi paydo bo‘ladi


Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Tomonlar, xususan, Toshkent viloyati hududida Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi filialini ochish masalalarini muhokama qildi.

Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan yana biri sifatida “Eydos-Meditsina” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona yaratish tilga olindi. Ushbu loyiha Toshkent viloyatida O‘zbekiston tibbiyoti ehtiyoji uchun tibbiy simulyator robotlarni yig‘ishni tashkil qilishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, “KAMAZ” OAJ bilan aloqalarni rivojlantirish haqida ham gap bordi. Korxonaning O‘zbekistonda sherik kompaniyasi, servis markazlari bor. Sentabrda yana bir qo‘shma korxona ochilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют