» » Fotogalereya: Venetsiya va Rio-de-Janeyro karnavallariga sayohat

Fotogalereya: Venetsiya va Rio-de-Janeyro karnavallariga sayohat


Shu kunlarda Venetsiya va Rio-de-Janeyroga minglab sayyohlar tashrif buyurmoqda. Shaharlarda bir vaqtning o‘zida eng ommabop va katta karnavallar bo‘lib o‘tmoqda. TJournal karnavallarning fotojamlanmasini taqdim qildi.

Italiyada bayram 11-fevralda boshlandi. Braziliyada esa dastlabki raqqoslar ko‘chalar bo‘ylab 18-fevralda o‘tdi. Yaqin o‘n kun ichida tomoshabinlar qadimgi va hozirgi davrdagi ranglar, musiqa va liboslar xazinasini taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi.

Bu yilgi Venetsiya karnavalining mavzusi “Ijodkorlik. Shuhrat dunyosi” deb nomlangan. Karnaval dasturida 100 dan ortiq tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Venetsiyadagi karnavalning o‘ziga xosligini undagi niqoblar ifodalaydi. Karnaval liboslari ichida, albatta, tarixiy ko‘ylak bo‘lishi kerak. Konsertlar, spektakllar va ko‘cha tomoshalari 28-fevralgacha davom etadi.

Foto: TJournal

Riotur sayyohlik kompaniyasining xabar berishicha, 2017-yildagi Rio-de-Janeyro karnavalga bir milliondan ortiq sayyoh kelishi kutilmoqda. Mehmonlar va mahalliy aholiga qulayliklar yaratish maqsadida shahar ma’muriyati xavfsizlik choralarining kuchaytirilganini e‘lon qildi, shaharda xavfsizlikni saqlash uchun to‘qqiz ming harbiy yo‘naltirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют