» » Venetsiyada karnaval boshlandi. Bu yil unga “Ijodkorlik. Mag‘rurlik yarmarkasi” deb nom berildi

Venetsiyada karnaval boshlandi. Bu yil unga “Ijodkorlik. Mag‘rurlik yarmarkasi” deb nom berildi


An’anaviy karnavalga start berilgan Venetsiya ko‘chalarida odamlar turli niqob va tarixiy kostyumlarda paydo bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Karnavalning asosiy tadbirlari “Mari bayrami” va “Farishta parvozi” kelgusi hafta yakuniga belgilangan bo‘lsa-da, shaharda butun dunyoning minglab sayyohlarini jalb etuvchi sayllar boshlandi.

Badiiy rahbar Marko Makkapani bu yilgi karnavalga “Ijodkorlik. Mag‘rurlik yarmarkasi” deb nom berdi.

100 dan ziyod tadbirni qamrab oluvchi karnaval, odatga ko‘ra, Venetsiya kanallarida boshlandi. 11—12-fevral kunlari bu yerda qayiqlarda chiroqli suv tomoshalari o‘tkazilmoqda.

18-fevralga rejalashtirilgan “Mari bayrami” o‘rta asrlarda qaroqchilar tomonidan Venetsiya respublikasining 12 go‘zali o‘g‘irlanishi va ularning harbiylar tomonidan qutqarilishi bilan bog‘liq hikoyalar asosida o‘tkaziladi. Mazkur tadbir yurishida g‘alaba qozonuvchi ayol har yili Muqaddas Mark maydonida 100 metrlik qo‘ng‘iroqda pastga tushgancha karnaval boshlangani haqida e’lon qiluvchi Farishta rolini o‘ynash baxtiga musharraf bo‘ladi. Hozirgi kungacha ushbu tadbir tomoshabinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatib kelmoqda.

Venetsiyaning nufuzli “La Feniche” teatri karnaval uchun an’analar bo‘yicha maxsus dastur tayyorlagan.

Tadbirlar 28-fevralga qadar davom etadi.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют