» » Shavkat Mirziyoyev Belarus, Malayziya va Turkmaniston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Belarus, Malayziya va Turkmaniston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Belarus, Malayziya hamda Turkmanistonning O‘zbekistonda Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Leonid Marinich, Xendi Assan va Yazgul Mammedovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari elchilarni mamlakatda faoliyat boshlagani bilan samimiy tabriklab, ularga o‘z zimmasidagi sharafli va mas’uliyatli vazifani bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston va Belarusni o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan an’anaviy do‘stlik rishtalari bog‘lab keladi. Biz Belarus bilan har tomonlama va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga muhim ahamiyat qaratmoqdamiz. Aminmanki, yaqin kunlarda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi davlatlararo munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatda elchi bo‘lib ish boshlayotgan Leonid Marinich katta tajribasi va salohiyati bilan O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishiga ishonch bildirildi.

O‘zbekiston Malayziya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratmoqda. Savdo, investitsiya, innovatsiya, energetika, transport va logistika, farmatsevtika, tibbiyot sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdormiz. Bu borada O‘zbekiston — Malayziya qo‘shma savdo qo‘mitasi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Hozirgi kunda turizm sohasi, jumladan, ziyorat turizmi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan istiqbolli yo‘nalishlar ochilmoqda, dedi Prezident.

O‘zbekistonda faoliyat boshlayotgan Xendi Assan tajribali va obro‘li diplomat sifatida mamlakatlar munosabatlarini yanada rivojlantirishga butun kuch-g‘ayrati va salohiyatini safarbar qilishi qayd etildi.

Turkmaniston – O‘zbekistoning strategik hamkori, bizning eng yaqin va ishonchli qo‘shnimizdir, dedi Prezident. Hozirgi kunda mamlakatlarimiz hamkorligi o‘zaro hurmat va ishonch ruhida jadal rivojlanib bormoqda.

Turkmanistonning eng tajribali diplomatlaridan biri Yazgul Mammedovning O‘zbekistondagi faoliyati har tomonlama samarali bo‘ladi, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz, dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar yangi pog‘onaga olib chiqilishini, elchilarning diplomatik faoliyati samarali bo‘lishi uchun Prezidenti Administratsiyasi, hukumat va Tashqi ishlar vazirligi har tomonlama yordam ko‘rsatishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, yangi tayinlangan elchilar samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga bor bilim va kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют