» » Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev qator hududlar fermerlari uchun ko‘rgazmali seminar o‘tkazdi

Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev qator hududlar fermerlari uchun ko‘rgazmali seminar o‘tkazdi


Xorazm, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi raisi, viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, baliqchilik va paxtachilik yo‘nalishidagi fermerlar, paxta-to‘qimachilik klasteri korxonalari rahbarlari uchun ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupovlar ishtirok etdi.

Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi “Xorazm faxri” fermer xo‘jaligida bo‘lib, “Sholi+baliq” usulida sholi va baliq yetishtirish, achchiq qalampir, qo‘shqator usulda paxta yetishtirish, shuningdek g‘o‘za qator orasiga hamda ochiq maydonlarga kuzgi boshoqli don ekish borasida tajriba almashdi.

Shuningdek, ular Xiva tumanidagi “Xorazm baliq sanoat agro” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish va baliqni qayta ishlash bilan ham tanishdi.

Anjumanning ikkinchi kunida ishtirokchilar Buxoro viloyati bo‘lib, Romitan tumanidagi BCT Cluster Agrokompleks mas’uliyati cheklangan jamiyatida klaster usulida paxta yetishtirish tajribasini o‘rgandi. Hozirda korxona tumanning Nurafshon, Bog‘iturkon, Qoqishtuvon, Mirishkor hududlardagi 8 ming gektar ekin maydonini tasarruf etmoqda.

Ishtirokchilar aholi xonadonlarida ham bo‘lib, tomorqa egalari bilan muloqot qildi. Misol uchun, Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Uyrot mahallasida istiqomat qiluvchi Obid Saidov tomorqasida intensiv baliq yetishtirayotgan ekan. Zamonaviy va ixcham ko‘rinishdagi moslama 5 mingta baliq chanoqlari yetishtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur maskanda 12 tonnagacha baliq boqilmoqda.

Bundan tashqari Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Ishtixon nurli davr“ fermer xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida paxta yetishtirish tajribasi seminar ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Ayni vaqtda fermer xo‘jaligida 134 gektardagi g‘o‘za tomchilatib sug‘orilmoqda.

“Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llashda mahsulot hosildorligi va sifati yuqori bo‘ladi. Bunda sug‘orish bilan birga berilgan o‘g‘itlar g‘o‘za ildiz tizimiga aniq tushishi va o‘g‘itlar to‘liq o‘zlashtirilishi hisobiga an’anaviy sug‘orishga nisbatan hosildorlik 50—55 foiz yuqori bo‘ladi”, – deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Isroiljon Xolmirzayev.

Ikki kunlik ko‘rgazmali seminar ishtirokchilarda qishloq xo‘jaligini yuritishda yangicha yondashuv va ish uslublarini joriy etish bo‘yicha aniq tasavvurlarni uyg‘otdi. Ilg‘or fermerlarning amaliy tajribalarini barcha viloyatlarda ommalashtirish bo‘yicha takliflar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют