» » “O‘zbekkonsert” o‘n bir nafar xonandaning kliplariga ba’zi kadrlardan voz kechish va to‘g‘rilash sharti bilan efirga uzatilishiga ruxsat berdi

“O‘zbekkonsert” o‘n bir nafar xonandaning kliplariga ba’zi kadrlardan voz kechish va to‘g‘rilash sharti bilan efirga uzatilishiga ruxsat berdi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 18 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Badiiy kengash O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Milena Xalilova ijro etgan “Oqqushlar”, “Nihol” mukofoti sovrindori Ahmedova Shahrizoda (Kaniza) ijro etgan “O‘zbekiston”, xonanda Otabek Muhammadzohid ijro etgan “Sensiz”, xonanda Munisa Rizayeva ijro etgan “Aybim sevganim”, xonanda Alijon Isoqov ijro etgan “Toshkent ko‘chasi”, xonanda Shahribonu Axtamova ijro etgan “Baxtim”, xonanda Javlon Olimov ijro etgan “Aldadimi?”, Poytaxt guruhining “Nola”, xonanda Sanjar Usmonov ijro etgan “Mohinurim”, xonanda Zafar Qurbonboyev ijro etgan “Sanamjon”, “Gal-gal” hamda xonanda Bexruz Toxirov ijro etgan “Ey yor” qo‘shiqlariga tasvirga olingan video kliplarga kengash a’zolari tomonidan bildirilgan ba’zi juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o‘zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba’zi kadrlardan voz kechish, to‘g‘rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют