» » “Baron 2” filmi “Snayper”, “Temur”, “Scorpion”, “Gardkam” filmlariga raqobatchi bo‘la oladimi? (video)

“Baron 2” filmi “Snayper”, “Temur”, “Scorpion”, “Gardkam” filmlariga raqobatchi bo‘la oladimi? (video)


“Baron 2” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan rejissor Rustam Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Rejissor “Baron 2” filmi “Snayper”, “Temur”, “Scorpion”, “Gardkam” filmlariga raqobatchi bo‘la oladimi”, mazmunidagi savolga quyidagicha javob berdi.

Bu raqobat maydonida “Baron 2” bemalol o‘z so‘zini aytadi. Munosib so‘zini aytadi. Qo‘rqmasdan aytaman — har bittasidan zo‘r qilib so‘zini aytadi, men bundan qo‘rqmayman. Chunki “Baron 2” filmining ko‘taroyatgan mavzusi dunyodagi global mavzu. Katta gapirmayman, “Baron 2” filmi bir necha yil davomida yozildi, mulohaza bo‘ldi, “O‘zbekkino”ning kuchli badiiy kengashi tomonidan juda katta savollar tug‘ildi, o‘sha savollarga javoblar topilib, filmning dramaturgiyasi nuqtayi nazaridan, filmning mohiyati, uni tomoshabinga nima berishi, filmning dunyo arenasiga chiqishi bo‘yicha qanaqa savollar bo‘lsa barchasiga bu filmda javoblar tayyorlangan. Filmda faqat yaxshi aktyorlar jamoasini shakllantirib, filmni suratga olib, uni tomoshabinga taqdim etish qoldi, xolos.

Rustam Sa’diyev, “Baron 2” filmining rejissori

Ma’lumot uchun, “Snayper” filmining rejissori Ozod Shams, “Temur” filmining rejissori Nodir Mo‘minov, “Scorpion” filmining rejissori Muxlisa Azizova, “Gardkam” filmi esa rejissor Akrom Isakov tomonidan suratga olingan. “Temur” filmining premyerasi avgust oyida bo‘lib o‘tgan, qolgan filmlarning premyerasi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют