» » Visa va IBM internetga ulangan buyumlarni to‘lov terminallariga aylantiradi

Visa va IBM internetga ulangan buyumlarni to‘lov terminallariga aylantiradi


Visa to‘lov tizimi va IBM kompaniyasi “buyumlar interneti”, sun’iy intellekt hamda mahsulot va xizmatlar uchun masofadan to‘lashning keng imkoniyatlarini o‘z ichiga oluvchi katta miqyosdagi loyiha ishga tushirilganini e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Loyiha iste’molchilarga tovarlar va xizmatlar uchun internetga ulangan har qanday qurilma, masalan, maishiy texnika, avtomobillar yordamida pul to‘lash imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Qo‘shma loyiha doirasida yaqin besh yil ichida Visa internetga ulangan va IBM’ning “buyumlar interneti” sohasidagi sun’iy intellekt tizimi — IBM Watson IoT’dan foydalanuvchi qurilmalar orqali to‘lash imkoniyatini taqdim etadi.

Tizim onlayn rejimida iste’molchilarning so‘rovlari va odatlarini baholaydi; mablag‘larni yanada oqilona sarflash, zarur tovarlarni past narxlarda sotib olish, avtosug‘urta, fitnes-markaz abonementini uzaytirish vaqti va boshqalar borasida maslahat va tavsiyalar bera oladi.

Ayni paytda ushbu tizimni 6 mingdan ziyod kishi qo‘llamoqda, ular uning yordamida bir necha millionta qurilma, sayt va servislardan foydalana oladi. Hozirgi vaqtda Visa kompaniyasining butun dunyo bo‘yicha mijozlari soni 3 milliarddan oshadi.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют