» » Farg‘onada 8 mingdan ortiq ishtirokchi «Mustaqillik marafoni»da qatnashdi

Farg‘onada 8 mingdan ortiq ishtirokchi «Mustaqillik marafoni»da qatnashdi


Bugun, 9-sentabr kuni Farg‘onada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat ichki ishlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Mustaqillik marafoni” o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Marafon O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Marafonda ikki yosh toifasida (7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 30 yoshgacha) 8 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Marafonda qatnashchilar Farg‘ona olimpiya zaxiralari kolleji chorrahasidan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

Marafon g‘oliblari o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida aniqlanib, ulardan 1, 2, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют