» » Chirchiqda IIB xodimidan foizsiz kredit evaziga 1,5 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Chirchiqda IIB xodimidan foizsiz kredit evaziga 1,5 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi


Shu yil 6-sentabr kuni Toshkent viloyati, Chirchiq shahar IIB xodimi o‘z rahbariga axborot berib, unda shu yil sentabr oyi boshlarida Chirchiq shahrida yashovchi M.N. o‘zining tanishlari orqali unga foizsiz kredit olib berish evaziga 1500 AQSh dollari so‘rayotganini ma’lum qildi. Bu haqda IIV va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu holat bo‘yicha 6-sentyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazilib fuqaro M.N. xodimdan 1000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor guruh tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan 7-sentabr kuni Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют