» » Buxoroda tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga kirmoqchi bo‘lgan ayoldan 200 dollar talab qilindi

Buxoroda tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga kirmoqchi bo‘lgan ayoldan 200 dollar talab qilindi


Buxoro viloyat IIBga 5-sentabr kuni fuqaro B.S. ta’magirlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unda Kogon tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari S.G. va N.D. rahbariyat orqali uni Kogoni tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limiga farroshlikka ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklari bildirilgan.

Mazkur arizaga asosan shu kuni Buxoro viloyat IIB va prokuratura xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida S.G. va N.D. tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi xonasida B.S.dan 200 dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют