» » Buxoroda uyda tug‘ilgan chaqaloq uchun guvohnoma evaziga 300 dollar talab qilgan vrach-ginekolog qo‘lga olindi

Buxoroda uyda tug‘ilgan chaqaloq uchun guvohnoma evaziga 300 dollar talab qilgan vrach-ginekolog qo‘lga olindi


Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida uy sharoitida tug‘ilgan bola uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tayyorlab berishni va’da qilib, fuqarodan 300 dollar talab qilgan vrach-ginekolog qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Kogon shahrida yashovchi fuqaro Buxoro viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro shahridagi 7-sonli poliklinikada vrach-ginekolog vazifasida ishlovchi ayol uning qornidagi homilasini uy sharoitida tug‘dirganligini, buning evaziga 400 dollar olganligi, hozirda bolasining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘qligi sababli unga viloyat tibbiyot birlashmasida ishlovchi tanishlari orqali guvohnoma tayyorlab berishi mumkinligini, buning uchun esa 300 dollar berishini talab qilayotganligini bildirib, ushbu ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 1981-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 114-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan, Buxoro shahridagi 7-sonli oilaviy poliklinikada akusher-ginekolog vrach vazifasida ishlovchi Z.O. ariza muallifidan 300 dollar olayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tibbiyot birlashmasida operator vazifasida ishlab kelayotgan, 1994-yilda Kogon tumanida tug‘ilgan M.A. ham o‘zining jinoiy sherigi Z.O. dan ushbu pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют