» » Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi


Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Tim Torlot tayinlandi, u 2019-yil yozida ishga kirishadi, deb yozadi “Gazeta.uz” Britaniya TIVga tayanib.

Toshkentdagi Buyuk Britaniya diplomatik missiyasiga 2015-yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan hozirgi elchi Kristofer Allan boshqa lavozimga o‘tmoqda.

61 yoshli Tim Torlot 1981-yildan buyon diplomatik xizmatda bo‘lib, Buyuk Britaniyaning Ummon, Yangi Zelandiya, Chili, Iroq (elchi o‘rinbosari) va Yaman (elchi)dagi elchixonalarida ishlagan, shuningdek, tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarni egallagan.

2016-yildan buyon Arabiston yarim oroli va Eron bo‘yicha Forin-offis bo‘limida ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют