» » BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Qoraqalpog‘iston xotin-qizlari uchun tanlov e’lon qildi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Qoraqalpog‘iston xotin-qizlari uchun tanlov e’lon qildi


O‘zbekistondagi BMTning Taraqqiyot dasturi Qoraqalpog‘iston respublikasi Taxtako‘pir, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlarida taraqqiyotning mahalliy dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi. Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Tanlov mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va maqomini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlariga amal qilishni hamda ularga sifatli xizmatlarni taqdim etishni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

Ishtirok etish shartlari:

Tanlovda ishtirok etish uchun arizani 18 va undan katta yoshdagi o‘z g‘oyalarini amalga oshirishni istovchi qizlar va ayollar topshirishlari mumkin. Ko‘rib chiqish uchun turli yo‘nalish bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi: davlat xizmatlaridan foydalanish huquqi, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlari AKT, STEM (Science, technology, engineering, mathematics)da xotin-qizlar, turizm, atrof-muhit, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va boshqalar.

Muhim!

G‘oya va loyihalar Orolbo‘yi mintaqasida aholining farovonligini oshirish, xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashishi zarur.

Tanlov BMT ning “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qo‘shma dasturi ko‘magida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT TDning “Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” nomli hamkorlikdagi loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2018-yilning 15-sentabr kuniga qadar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

BMT Qo‘shma dasturining Qoraqalpog‘istondagi ofisi:

Qoraqalpog‘iston respublikasi Nukus shahri, 230105, Yernazar Alakoz ko‘chasi, 56-uy.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlari hokimiyatlarida, Hokim o‘rinbosarlari – Xotin-qizlar qo‘mitalarining tumandagi raislari tomonidan ham qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют