» » Jahongir Ortiqxo‘jayev Germaniyaga Kompetenzzentrum – Gro?siedlungen markaziga tashrif buyurdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Germaniyaga Kompetenzzentrum – Gro?siedlungen markaziga tashrif buyurdi


Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Tashrifning ikkinchi kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev Kompetenzzentrum – Gro?siedlungen markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning o‘zida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya a’zolari Wertstoff Union Berlin chiqindilarni qayta ishlash korxonasida ham bo‘ldi.

Tashrif davomida Toshkent shahar hokimi nemis ishbilarmon doiralari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi. Shuningdek, ONS Frankfurt GmbH nemis kompaniyasi ijrochi direktori bilan hamda Frankfurtdagi O‘zbek-nemis savdo uyi rahbari S. Akobirovlar bilan uchrashuvlari ham ko‘zda tutilgan.

Germaniyaga tashrif davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют