» » Yangi global inqiroz sababi ma’lum qilindi

Yangi global inqiroz sababi ma’lum qilindi


Yevropa rivojlanayotgan bozorlarning zaifligidan kelib chiqadigan yangi global inqiroz epitsentriga aylanishi mumkin, deb yozadi Bloomberg Bank of America Merrill Lynch prognoziga tayanib.

Bank strategi Tommi Rikkets eslatishicha, Yevropa fond indekslari so‘nggi vaqtlarda past natijalarni ko‘rsatmoqda, rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalari esa dollarli likvidlik qat’iylashishi fonida pasaymoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning zaiflashuvi iqtisodiyoti ochiq va qarzi yuqori darajada bo‘lgan Yevropaga ham zarba berishi mumkin. Shundan keyin zanjirli reaksiya AQShga ham yetib boradi.

“Agar rivojlanayotgan mamlakatlarning valyuta inqirozi global holatga aylansa va aktivlarning barcha guruhlariga ta’sir o‘tkazsa, xavf Yevropadan chiqadi”, — dedi Rikkets.

Inqirozning boshqa bir ssenariysi yevroning o‘sishi bilan bog‘liq, chunki yevropalik investorlar o‘zlaridagi rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalarini konvertatsiya qiladi va Yevropada likvidlikning yanada qat’iyroq shartlariga umid qila boshlaydi. Bu esa hududiy kompaniyalar daromadiga bosim o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют