» » Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018—2019-yillarda Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq o‘sadi

Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018—2019-yillarda Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq o‘sadi


2018—2019-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq o‘sib boradi. Bu haqda Jahon bankining 2018-yil iyun oyi bo‘yicha “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotida e’lon qilindi, deb xabar beradi Spot.

2018—2019-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’ati tegishli ravishda 5 va 5,1 foizni tashkil etadi. Bu 2018-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,2 foizga va 2019-yilda 3,1 foizga ko‘p demakdir”, — deyiladi bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda.

Bank tahlilchilarining fikricha, xomashyo resurslari iste’molining kamayishi bo‘yicha uzoq muddatli istiqboldagi prognoz, daromadlari xomashyo tovarlar eksportiga bog‘liq bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarning uchdan ikki qismi uchun muammo yaratishi mumkin.

Hisobot mualliflari siyosatchilarni uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilaydigan islohotlarni amalga oshirishga chaqirmoqda.

“Ilmiy-texnik sohadagi tezkor o‘zgarishlar professional tayyorgarlikni rag‘batlantirish va savdo-sotiq raqobatbardoshligi hamda savdo ochiqligini oshirishning muhimligini aniq ko‘rsatmoqda”, — deyiladi hisobotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют