» » O‘zbekistonda advokatlarning huquqlari kengaytiriladi. Ularga yengilliklar beriladi

O‘zbekistonda advokatlarning huquqlari kengaytiriladi. Ularga yengilliklar beriladi


12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi senat axborot xizmati.

Tadbirda manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillari, olimlar va mutaxassislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-avgust kuni qabul qilingan mazkur Qonunda yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga, Uy-joy kodeksiga va Soliq kodeksiga, shuningdek “Notariat to‘g‘risida”gi va “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida sudya sifatida, patent vakili va mediator sifatida, shuningdek shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida ishtirok etishga doir advokatlarning huquqlari kengaytirilmoqda. Shuningdek, advokat maqomini olish uchun malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovkadan o‘tish muddati olti oydan uch oygacha kamaytirilmoqda.

Bundan tashqari, Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va Soliq kodeksiga ham o‘zgartishlar kiritilmoqda. Masalan, ijaraga berish shartnomasini, tekin foydalanishga berish shartnomasini fuqarolar tomonidan majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinishi munosabati bilan ichki ishlar organlarining o‘zi joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga har oyda yuqoridagi shartnomalarni majburiy notarial tasdiqlashga rioya etilmayotganligi faktlari to‘g‘risida xabar berish majburiyati bekor qilinmoqda.

Advokatura instituti samaradorligi tubdan oshirilishi va advokatlar mustaqilligi kengaytirilishi munosabati bilan tegishli o‘zgartish va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilmoqda. Ularga ko‘ra, advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda advokatning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi mustahkamlanmoqda.

Qonunni muhokama qilish chog‘ida ishchi guruh a’zolari o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют