» » Farg‘onada “Hizbut tahrir” a’zosiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi

Farg‘onada “Hizbut tahrir” a’zosiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi tomonidan qilmishidan pushaymon bo‘lgan “Hizbut tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti a’zosiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.

2012-yilning dekabr oyi oxirlarida O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan “Hizbut tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining faol a’zosi “mushrif” lavozimiga tayinlangan A.Mo‘minov Oltiariq tumanida “hizbiy halqa” guruhi tashkil qilib, unga tanishlari sudlanuvchi R.Abdusattorov, A.Mavlonov, A.Yakubov, A.Mirzarahmonov va N.Mamatxoliqovlarni a’zo qilgan va ularga “Hizbut tahrir” diniy ekstremistik oqim g‘oyalari bo‘yicha saboq berib kelgan.

“Hizbiy halqa” a’zolari sudlanuvchi R.Abdusattorov, A.Mavlonov va A.Yakubovlar bilan bir guruh bo‘lgani holda, yashash xonadonlaridagi yig‘inlarda qatnashib, taqiqlangan “Hizbut tahrir” diniy ekstremistik tashkilot faoliyatida ishtirok etib kelgan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining sudyasi T.Vahobov tomonidan keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi Rahmatulloh Abdusattorov aybiga iqror bo‘lib, A.Mo‘minov tomonidan u va boshqa sheriklariga “Hizbut tahrir” diniy ekstremistik tashkilot faoliyati bo‘yicha diniy ma’ruza qilinib, ushbu oqimga da’vat qilayotganini bilgan bo‘lsa-da, bu haqda tegishli idoralarga xabar bermaganligi, hozirda ushbu tashkilot g‘oyalari O‘zbekistonda notinchlik chiqarishga qaratilgani va Islom diniga zid ekanligini tushunib yetgani, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib ko‘rsatuv berdi.

Sud majlisi davomida guvohlarning, sudlanuvchi istiqomat qilgan hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisining ko‘rsatuvlari tinglanib, sudlanuvchi R.Abdusattorovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasining 1-qismi bilan Jinoyat kodeksi 57-moddasi qo‘llanib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R.Abdusattorovga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

Sud tomonidan R.Abdusattorovga jazo tayinlashda, uning shaxsi, yoshligi, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, yashash joyi Oltiariq tumani “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan unga nisbatan kafolat xati berilgani jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb baholanib, unga nisbatan u ayblanayotgan modda sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sud hukmi e’lon qilinganidan so‘ng raislik etuvchi tomonidan taraflarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari, shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, ushbu jinoyatning sodir etilish sabablari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Sud sodir etilgan jinoyatning sababini va uning sodir etilishiga imkon bergan sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan Oltiariq tumani hokimligiga xususiy ajrim chiqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют