» » Toshkentda elektropoyezd 52 yashar ayolni urib yubordi. U quloqchin taqqan holda yo‘lni kesib o‘tayotgandi

Toshkentda elektropoyezd 52 yashar ayolni urib yubordi. U quloqchin taqqan holda yo‘lni kesib o‘tayotgandi


Toshkentda elektropoyezd 52 yashar ayolni urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

“2018-yil 13-sentabr kuni soat 08:00 larda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, “Salar—Yalong‘och” bekatlari oralig‘ining 4-kilometr 9-piketida “Toshkent—Hojikent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan L.ni (1966-yilda tug‘ilgan ayol) urib yuborgan. U olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют