» » Toshkentda yoshi katta haydovchi bilan mushtlashib, uning mashinasi oynalarini sindirgan Matiz haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda yoshi katta haydovchi bilan mushtlashib, uning mashinasi oynalarini sindirgan Matiz haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigit “Gazel” avtomobilining oynalarini metall buyum bilan urib sindirayotgani aks etgan video tarqalib ketdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil 12-sentabr kuni soat taxminan 10:30 da Chilonzor tumanining Bunyodkor ko‘chasida “Gazel” va Matiz avtomobillari haydovchilari — 60 yoshli Baxtiyor T. va 27 yoshli Shohrux E. o‘rtasida mushtlashuv yuzaga kelgan. Janjalga haydovchilarning bir-biriga yo‘l berishni istamaganligi sabab bo‘ldi. Oqibatda haydovchilar bir-biriga tan jarohatlarini yetkazdi va ikkalasi ham tibbiy yordamga murojaat qildi.

Yaqin orada bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimi ularni janjalni bas qilish va kelishmovchilikni qonun doirasida hal qilishga da’vat etdi. Ammo Matiz haydovchisi huquq-tartibot posbonlarining qonuniy talablariga rioya qilishdan bosh tortdi. Ustiga-ustak, “Gazel” haydovchisiga hujum qilishda davom etib, uning mashinasi oynalarini metall buyum bilan sindira boshladi.

Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan ushbu holat bo‘yicha Shohrux E. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют