» » Oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlari Tatyana Karimova bilan uchrashdi (foto)

Oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlari Tatyana Karimova bilan uchrashdi (foto)


12-sentabr kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasiga ekskursiya uyushtirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova ham ishtirok etdi. “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan tadbir barqarorlik va taraqqiyotning kafolati – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asoschisi Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlandi. Tatyana Karimovaga bilim yurti kursanti tomonidan yaratilgan Birinchi Prezidentning portreti, Islom Karimov bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan yana bir kursantning she’riy to‘plami va boshqa turdagi esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Uchrashuv davomida Tatyana Karimova bilim yurti qo‘mondonligi va kursantlarga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini o‘zida aks ettirgan kitob va kataloglar hamda esdalik ko‘krak nishonlarini topshirdi. Tadbir doirasida bilim yurti muzeyi mudirasi Shohista Artikova Islom Karimov nomli esdalik medali bilan taqdirlandi.

Kursantlar tomonidan tayyorlangan she’r, kuy va qo‘shiqlar uchrashuvning mazmunli o‘tishini ta’minladi. Tadbir so‘ngida kursantlar majmua tarkibidan o‘rin olgan ko‘rgazmalar zalida namoyishga qo‘yilgan rassom va haykaltaroshlarning san’at asarlari bilan tanishdilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют