» » Yanvar-avgustda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,6 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-avgustda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,6 mlrd dollarni tashkil etdi


2018-yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 20,6 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,5 foizga o‘sdi. Shu jumladan, eksport hajmi 8,6 milliard AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 4,4 %) va import hajmi 12,0 milliard AQSh dollariga (o‘sish sur’ati 31,2 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 3,4 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

2018-yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 milliard AQSh dollarga (o‘sish sur’ati 4,4%) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar 76,9 % ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (20,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6 %), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida import hajmi 12,0 milliard AQSh dollariga (o‘sish sur’ati 31,2 %) teng bo‘ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (40,1%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,4 %) hamda oziqovqat mahsulotlari (9,1 %) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

2018-yilning yanvar-avgust oylarida respublikaga 153 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 7 359,2 million AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,2 %ini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют