» » Janubiy Koreya kompaniyasi Urgutda “aqlli yo‘l” quradi

Janubiy Koreya kompaniyasi Urgutda “aqlli yo‘l” quradi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Janubiy Koreyaning ATU investitsion kompaniyasi bosh ijrochi direktori Park Chong Eok bilan uchrashdi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimligi va kompaniya o‘rtasida “Urgut — Samarqand” yo‘lining “Urgut—M39 Highway” qismida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, Koreya kompaniyasi yuqori tezlikda harakatlanish imkoniyatini beruvchi Urgut avtomobil yo‘lini quradi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod etiladigan bu “aqlli yo‘l” “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi taraqqiyoti hamda hududning aholisi turmush tarzining o‘sishiga xizmat qiladi.

Mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kelgusida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada keng ko‘lamda davom ettirish imkonini berishi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют