» » Qozog‘iston Kaspiyda AQSh harbiy bazasi joylashtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad edi

Qozog‘iston Kaspiyda AQSh harbiy bazasi joylashtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad edi


Qozog‘iston hukumati AQSh qurolli kuchlari Kaspiy dengizida joylashtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Axborot va kommunikatsiya vaziri Dauren Abayevning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda xorijiy harbiy bazalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. U mintaqada AQSh harbiylarini paydo bo‘lishi haqidagi xabar feyk ekanligini bildirdi.

Joriy yil aprelida Qozog‘iston parlamenti AQSh maxsus yuklarini Afg‘onistonga tijorat tranzitini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagandi. Unda mamlakatning Kaspiydagi Aktau va Kurik portlari Afg‘onistonga AQShdan harbiy bo‘lmagan yuklarni yetkazish marshrutiga kiritilgan.

Bu esa AQSh harbiy-dengiz kuchlari Qozog‘istonning Kaspiy dengizidagi portlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida mish-mishlarga sabab bo‘ldi.

Qozog‘iston axborot vaziri so‘zlariga ko‘ra, Aktau konvetsiyasi Kaspiyda ushbu dengiz davlatlariga taalluqli bo‘lmagan mamlakat qurolli kuchlari bo‘lishi va kemalari suzishini taqiqlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют