» » Suriyada urib tushirilgan Il-20 samolyoti bortidagi 14 rossiyalik harbiyning taqdiri hamon noma’lum bo‘lib qolmoqda

Suriyada urib tushirilgan Il-20 samolyoti bortidagi 14 rossiyalik harbiyning taqdiri hamon noma’lum bo‘lib qolmoqda


Suriyada urib tushirilgan Il-20 samolyoti bortida bo‘lgan 14 nafar rossiyalik harbiylarning taqdiri hamon noma’lum bo‘lib qolmoqda, deb yozadi “Vesti.ru”.

Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 17-sentabr kuni kechqurun samolyot O‘rtayer dengizi osmonida g‘oyib bo‘lgan. Bu Isroilning F-16 qiruvchilari Suriyaning Latakiya viloyatidagi obyektlarga hujum qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Il-20 Xmeymim aviabazasiga qaytayotgan edi. Aloqa O‘rtayer dengizi havzasi ustida, Suriya qirg‘oqlaridan 35 km masofada uzilib qolgan. Rossiya aviabazasi qo‘mondonligi qidiruv-qutqaruv operatsiyasini tashkil qilgan.

Isroil harbiylari Rossiya mudofaa vazirligi bayonotini izohlashdan bosh tortdi. Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati rahbariyat bilan maslahatlashib olgach, tashqaridan kelgan xabarlarni izohlamasligini ma’lum qildi.

Avvalroq CNN Rossiyaning Il-20 samolyoti Suriyada Bashar Asad rejimi kuchlari tomonidan Isroil harbiy-havo kuchlariga hujum chog‘ida xatolik tufayli urib tushirilganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют