» » Suriyalik jangarilar Rossiya vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni rad etdi

Suriyalik jangarilar Rossiya vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni rad etdi


“Ahror ash-Shom” terroristik tashkilotining suriyalik qo‘zg‘olonchilari Latakiya viloyatida Rossiya vertolyotini urib tushirganligini e’lon qildi. Bu haqda Al-Masdar News nashriga tayanib, Meduza xabar berdi.

Qo‘zg‘olonchilar tarqatgan xabarda vertolyot Turkiya bilan chegaradosh hududda yerdan o‘t ochish orqali urib tushirilgani aytilgan.

“Ahror ash-Shom”dagi manba xabariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar vertolyot qulashi mumkin bo‘lgan hududda qidiruv operatsiyasini boshlab yubordi.

Vertolyot bortidagi odamlar soni va ularning taqdiri borasida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q, deb yozadi Al-Masdar News nashri.

Ammo Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada Rossiya vertolyoti urib tushirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Rossiya 2015-yilning sentabridan beri Suriyada maxsus operatsiya o‘tkazib keladi. Mart oyining o‘rtalaridagi rasmiy ma’lumot bo‘yicha Suriyada 28 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют