» » Oliy sud raisi o‘rinbosari Samarqandda sayyor qabul o‘tkazmoqda

Oliy sud raisi o‘rinbosari Samarqandda sayyor qabul o‘tkazmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqanov Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazmoqda. Qabulning ilk kunida Samarqand shahri va Samarqand tumani aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Sayyor qabulda shu vaqtgacha o‘zlarini qiynab kelayotgan, yechim topilmagan masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha o‘nga yaqin fuqarolar murojati o‘rganildi.

Xususan, Samarqand shahar “Bog‘ichinor” mahallasidagi 77, 79, 81 va 87-uylarda yashovchi kishilar hududdagi ko‘p qavatli uylar orasida aholi xohish-istaklari inobatga olinmagan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatish yuzasidan bir qator tashkilotlarga murojaat qilgan. Lekin kutilgan natijaga erishilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari sayyor qabulda ularning murojaatini eshitib, bu masala bo‘yicha aholi fikri inobatga olinishi va tez orada asoslantirilgan xulosa berilishi bildirib o‘tildi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari va Oliy sud sudyalari har bir murojaatchini eshitib, ularning masalalari bo‘yicha tegishli tartibda javob bermoqda. O‘rganish talab etiladigan murojaatlarga muddat belgilanib, fuqarolar bundan xabardor qilinishi aytildi.

Oliy sud raisining yana bir o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida ushbu tumanlar va Nurobod hamda tayloqlik aholini qabul qildi. Joylardagi sayyor qabullar chog‘ida aholi bilan yurtimizdagi sud-huquq islohotlari haqida muloqotlar ham o‘tkazildi.

Oliy sud raisi o‘rinbosarlarining sayyor qabullari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют